Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Singapurda boʻladi

18:13 15 Yanvar 2023 Siyosat
1260 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning taklifiga binoan 16-18-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq Singapur Prezidenti Halima Yaqub va mamlakat Bosh vaziri Li Syan Lun bilan oliy darajada uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Singapur munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu yoʻnalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami muzokaralar yakunida imzolash uchun tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimiz Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi. Tashrif arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes forumi boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер