Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Qatarga boradi

09:55 01 Oktyabr 2023 Siyosat
806 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 1-2-oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi hamda “EKSPO Doxa-2023” – “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro koʻrgazmasining ochilish marosimida ishtirok etish koʻzda tutilgan.

Boʻlajak muzokaralarda yetakchilar Oʻzbekiston-Qatar hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Davlat tashrifi yakunida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер