Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi

10:48 18 Noyabr 2021 Siyosat
733 0

Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.

Unda Senat aʼzolari, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda koʻrib chiqiladigan masalalarni parlament yuqori palatasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер