Oʻzbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgan?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 6 oyida Oʻzbekiston xorijga qiymati 7,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 22,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga yaʼni qariyb 5,3 baravarga oshgan.
Oʻtgan 6 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 11,8 ming tonna
Rossiya – 6,3 ming tonna
Qirgʻiz R. – 2,9 ming tonna
Belarus – 527,0 tonna
Latviya – 524,0 tonna
Ukraina – 484,2 tonna
Germaniya – 131,2 tonna
Moldova – 59,5 tonna
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring