Oʻzbekiston qariyb 73 ming tonna pomidor eksport qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar — sentyabr oylarida qiymati 52,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 72,9 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,3 ming tonnaga kam.
2021-yilning 9 oyi mobaynida Oʻzbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Rossiya – 37,7 ming tonna
— Qozogʻiston – 21,1 ming tonna
— Qirgʻiz R. – 11,8 ming tonna
— Tojikiston – 2 ming tonna
— Belarus – 53,6 tonna
— AQSH – 20,9 tonna
— Afgʻoniston – 12,0 tonna
— BAA – 9,7 tonna
— Ukraina – 9,1 tonna
— Germaniya – 0,5 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring