Oʻzbekiston qancha kofe import qilgani ochiqlandi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston 36 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 333 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Kofe mahsulotlari importi 2020-yil bilan solishtirilganda 2,7 tonnaga oshgan.
2021-yilda import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
— Rossiya – 102,3 tonna
— Italiya – 95,2 tonna
— Braziliya – 49 tonna
— Vyetnam – 23,2 tonna
— Belorus – 17,6 tonna
— Turkiya – 8,2 tonna
— Kolumbiya – 7,7 tonna
— Germaniya – 6,3 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring