O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga tashrifi kutilayapti
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 15 mart kuni Qozog’istonga borishi kutilayapti.
Bu haqda Qozog’iston davlat rahbari matbuot xizmatining “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
O’zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi rahbarlarining Ishchi(maslahatlashuv) uchrashuvida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev Qozog’istonda O’zbekiston Yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ayni chog’da ikki davlat rahbari san’at ustalarining gala-kontsertida ham qatnashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring