Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentini umumxalq saylovlari muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi

11:54 15 May 2023 Siyosat
981 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy qutladi. Ularning yakunlariga koʻra, saylovchilarning koʻpchiligi amaldagi Prezident va Respublika alyansiga ovoz bergan.

Ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarni keng qoʻllab-quvvatlayotganidan dalolat ekani alohida taʼkidlandi.

Suhbatda Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi kun tartibini tayyorlash boʻyicha faol ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер