Oʻzbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi

21:09 03 Mart 2022 Siyosat
848 0

Foto: president.uz

Pokiston Bosh vazirining qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon faxriy qorovul oldidan oʻtib, shohsupaga koʻtarildi. Oʻzbekiston va Pokistonning davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari ham hozir boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev xalqlarimiz doʻstligi, hamjihatligi ramzi sifatida qarorgoh bogʻiga koʻchat ekdi.

Shundan soʻng, ikki mamlakat yetakchilarining tor doiradagi muzokarasi boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер