O‘zbekiston Prezidenti “SWS” kompaniyasi bilan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni BAAning “SWS” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ahmad Al-Shamsiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kompaniyaning O‘zbekiston hududlarida suv ta’minoti va suvni tozalash sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, bunda xalqaro sheriklarni, shu jumladan Fransiyaning “SUEZ” va Yaponiyaning “Marubeni” kompaniyalarini jalb qilish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring