Oʻzbekiston Prezidenti Sianga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi.
Koʻhna Sian shahrining xalqaro aeroportida ikki davlat bayroqlari koʻtarildi, oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, milliy qoʻshiq va raqslardan iborat tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston yetakchisini XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, Shensi muzofoti gubernatori Chjao Gan va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari 18-may kuni XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazadi.
19-may kuni Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring