Oʻzbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati va Sankt-Peterburg rahbariyati kutib oldi.
Ertaga mamlakatimiz yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring