Oʻzbekiston Prezidenti Rossiyaga joʻnab ketdi

16:03 25 Dekabr 2023 Jamiyat
606 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga joʻnab ketdi.

Boʻlajak tadbir doirasida Hamdoʻstlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladilar hamda MDH makonida koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqadilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер