Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya IIV delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari yaqinda Dogʻistonda sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida halok boʻlgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining oila aʼzolariga hamdardlik va dalda soʻzlarini bildirdi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi koʻrib chiqildi.
Terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Migratsiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring