Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.
“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yigʻilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 79-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring