Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari va Qozogʻistonning birinchi Prezidenti kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga koʻtarilgani, koʻp qirrali hamkorlik barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring