O‘zbekiston Prezidenti “Lactalis” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “Lactalis” kompaniyasi raisi Emmanuel Benye bilan uchrashdi.
Kompaniya dunyodagi sut va pishloq mahsulotlarining eng yirik ishlab chiqaruvchisidiri. Uning tasarrufida 52 ta mamlakatdagi 270 ta zavod faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuv chog‘ida davlatimiz rahbari kompaniyaning Namanganda sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring