Oʻzbekiston Prezidenti Xitoyning “SANY” kompaniyasi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik rejalarini koʻrib chiqdi

13:15 25 Yanvar 2024 Siyosat
879 0

Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida “SANY” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Syan Venboni qabul qildi.

“SANY” shamol turbinalarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi 10 ta kompaniya qatoriga kiradi. Shamol energetikasi qurilmalarini ishlab chiqarish va sotishga, shamol elektr stansiyalarini loyihalashtirish, qurish, ishlatish va boshqarishga ixtisoslashgan.

Uchrashuvda kompaniyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol elektr stansiyasini barpo etish, shamol turbinalarining butlovchi qismlarini, qurilish va ogʻir yuk texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi loyihalarni amalga oshirish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер