Oʻzbekiston Prezidenti Haydar Aliyev xotirasiga hurmat koʻrsatdi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga kelgach, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qoʻnim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi.
Haydar Aliyevning mustaqil Ozarbayjonni barpo etish va mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari beqiyos. Mamlakatning jadal rivojlanish davri va xalqaro maydondagi nufuzining yuksalishi aynan uning ismi bilan bogʻliq.
Qardosh oʻzbek xalqi bilan doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida eʼtibor qaratgan Haydar Aliyevni yurtimizda yaxshi bilishadi. Oʻzbekistonda uning yuz yillik yubileyi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan pochta markalari bosilgan, turli madaniy-maʼrifiy va ilmiy tadbirlar oʻtkazilgan edi.
Toshkentda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi nomidagi koʻcha, unga bagʻishlangan xiyobon va yodgorlik ochilgan.
Shavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi Haydar Aliyev qabriga gul qoʻyib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring