Oʻzbekiston Prezidenti Dubayga keldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy kutib oldi.
Ertaga, 1 dekabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Iqlim oʻzgarishlari boʻyicha konferensiyasida ishtirok etadi hamda ushbu global sammit yalpi sessiyasida nutq soʻzlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring