Oʻzbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonda boʻladi

12:20 24 Yanvar 2023 Siyosat
936 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonda boʻladi.

Ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi.

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston-Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi oʻrin olgan.

Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qoʻllab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер