Oʻzbekiston Prezidenti choʻllanishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni Iqlim oʻzgarishi boʻyicha sammit doirasida BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, Choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiav bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻtgan oyda Samarqand shahrida dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlari delegatsiyalari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan BMTning Choʻllanish boʻyicha konvensiyasini amalga oshirish qoʻmitasining 21-sessiyasi sermahsul boʻlgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
2024-yilda Saudiya Arabistonida boʻlajak konferensiya davomida Chang va qum boʻronlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish masalasini birgalikda ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.
Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo iqlim oʻzgarishi universiteti negizida ilmiy hamkorlik va tadqiqotlar oʻtkazish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring