Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga tashrif buyuradi

22:16 13 Sentyabr 2023 Siyosat
819 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahrida boʻladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining beshinchi uchrashuvi kun tartibidan mintaqada koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, qishloq xoʻjaligi va ekologiya sohalaridagi qoʻshma dastur va loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish hamda xavfsizlik sohasidagi zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi chora koʻrish masalalari oʻrin olgan.

Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlarining ushbu birlashma tashkil etilganining oʻttizinchi yilida oʻtkaziladigan yubiley yigʻilishida suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish borasidagi mintaqaviy sheriklikning dolzarb jihatlari hamda jamgʻarma faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Tadbirlar yakunida bir qator koʻp tomonlama hujjatlarning qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер