Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Ashxobodda Gender tenglik masalalari boʻyicha parlamentlararo muloqotda ishtirok etdi
Joriy yil 26-mart kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Qozixonova boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Ashxobod shahrida gender tenglikni taʼminlash va gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi kurashish sohasida qonunchilik asoslarini mustahkamlashga bagʻishlangan parlamentlararo muloqotda ishtirok etdi.
Tadbir Turkmaniston Majlisi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) bilan hamkorlikda xalqaro tashkilotlar va sakkiz davlat parlamentlari vakillari ishtirokida tashkil etildi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash boʻyicha qonunchilik va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha milliy tajribani taqdim etdi, bunda gender asosidagi zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan, kiberbulling, onlayn tahdidlar va psixologik bosim kabi zoʻravonlikning yangi shakllari tarqalishiga qarshi samarali javoblarni ishlab chiqish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi. Qonunchilikni yanada moslashtirish, raqamli himoya vositalarini qoʻllashni kengaytirish, shuningdek, parlamentlarning bu boradagi rolini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasi mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalarni himoya qilish tizimini kuchaytirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar haqida xabardor qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring