Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi AQSHdagi vatandoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi
Senatorlar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari AQSHda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda vatandoshlarimizga mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida xorijdagi fuqarolarimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Xususan, xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan, shuningdek, murakkab vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, stipendiyalar va madaniy-maʼrifiy dasturlar hamda “Ildiz” va “Chinor” platformalari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda vatandoshlarimizga tezkor va sifatli huquqiy yordam koʻrsatish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish, shu bilan birga Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida investitsiyalar, eksport, turizm, taʼlim, IT va tibbiyot sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring