Oʻzbekiston paxtasiga eʼlon qilingan boykot bekor qilindi
Arxiv surat
Ushbu qaror “Cotton Campaign”ning yetakchi hamkori boʻlgan “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbek forumi” tomonidan 2021-yilda paxta terimida oʻtkazilgan mustaqil monitoring natijalariga asosan qabul qilindi.
Hisobotda Hukumat tomonidan tashkil qilinadigan majburiy mehnat holatlari aniqlanmagani eʼlon qilingan.
Bu tarixiy yutuq oʻzbekistonlik fuqarolik jamiyati faollari, xalqaro huquq himoyachilari va xalqaro brendlarning birgalikdagi koʻp yillik faoliyati hamda Oʻzbekiston Hukumatining majburiy mehnatga barham berishga qaratilgan qatʼiyati natijasida erishildi. “Cotton Campaign” — inson va mehnat huquqlari, masʼul investorlar va biznes tashkilotlarining global koalitsiyasi boʻlib, islohotlarning oʻzbek ishchilari, fermerlari va fuqarolik jamiyatiga foyda keltirishini davom ettirish maqsadida masʼuliyatli yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikka undaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring