Oʻzbekiston oliygohlarida endi stipendiya har oyning 5-sanasiga qadar beriladi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan tegishli qarorga koʻra, 2022-yil 1-maydan boshlab stipendiyalar har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi.
Shuningdek, aholini bankomatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 2022-yilning 1-oktyabriga qadar xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelinib, ular hududlarda, shu jumladan, olis tumanlarda oʻrnatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring