Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.
U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjalik sudining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring