Oʻzbekiston “Ochiq Gender maʼlumotlar indeksida” 69,7 ball toʻplagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi
Иллюстратив фото
Open Data Watch tashkilotining soʻngi hisobotida Oʻzbekiston “Ochiq Gender maʼlumotlari indeksida” 69,7 ball toʻplagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.
Gender maʼlumotlari indeksi butun dunyo boʻylab gender maʼlumotlarining mavjudligi va ochiqligini baholaydi.
Mamlakatimizda gender statistikasini yuritish boʻyicha Statistika agentligi vakolatli organ boʻlib, agentlikda gender statistikasini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha alohida boʻlinma tashkil etilgan.
Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha boʻlimlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring