Oʻzbekiston nechta davlatga gilos eksport qildi?
Oʻzbekiston 18 ta davlatga gilos eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmitaning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil 1-iyul holatiga jami 31,3 ming tonna gilos mevasi eksport qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga qaraganda 14,6 ming tonnaga koʻp.
Qariyb 61 million AQSH dollariga teng boʻlgan gilos mevasi 18 ta xorijiy mamlakatlar bozorlarida sotilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat.
Ushbu mamlakatlar orasida Qozogʻiston 16,7 ming tonna (23 million AQSH dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSH dollari), Qirgʻiz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSH dollari) va Koreya Respublikasida 124,3 tonna (496,9 ming AQSH dollari) bilan yuqori ulushga ega boʻldi.
Eʼtiborlisi, soʻnggi yillarga qaraganda bu yil oʻzbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mongoliya, Ummon, Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring