Oʻzbekiston muzlatgichlarni asosan Rossiyadan import qilmoqda
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 45,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 198 957 dona muzlatgich import qilingan.
Muzlatgich importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1798 donaga kamaygan.
Oʻzbekiston 27 ta davlatdan muzlatgich import qilgan.
Oʻzbekiston 6 oy mobaynida eng koʻp muzlatgich import qilgan davlatlar:
— Rossiya – 102 361 dona;
— Xitoy – 57 068 dona;
— Turkiya – 16 163 dona;
— Belarus – 8 913 dona;
— Tailand – 3 862 dona;
— Indoneziya – 3 406 dona;
— Vetnam – 2 414 dona;
— Ukraina – 1 446 dona;
— Ruminiya – 1 134 dona;
— Italiya – 159 dona;
— Germaniya – 107 dona.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring