Oʻzbekiston Mudofaa vaziri AQSHga boradi

12:22 25 Yanvar 2019 Siyosat
3188 0

Foto: Mudofaa vazirligi

Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegatsiya Amerika tomonining taklifiga binoan 2019 yilning 26-30-yanvar kunlari AQSHga tashrif buyuradi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ga Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekistonning AQSHdagi Elchixonasi bergan maʼlumotlarga koʻra mamlakatimiz mudofaa idorasi vakillari Kemp-Shelbi harbiy bazasida (Missisipi shtati) “Janubiy zarba” oʻquv mashgʻulotlarining faol fazasini kuzatib borishadi.

“Janubiy zarba” – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan har yili oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari. Maqsadi – quruqlikdagi, suvdagi va havodagi turli qoʻshin turlarining qoʻshma harakatlarini mashq qilish. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ilk bor mazkur tadbirda ishtirok etmoqda.

Harbiy delegatsiya Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazadi, Oʻzbekiston mudofaa idorasi va CENTCOM oʻrtasidagi Harbiy aloqalar rejasida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер