Oʻzbekiston mebel mahsulotlarini AQSH, Germaniya va Fransiyaga ham eksport qilmoqda
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 10 oyida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 837 ming AQSH dollariga koʻp.
Oʻzbekiston 2021-yilning 10 oyida eng koʻp mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 1,7 mln.;
— Qirgʻiz R. – 784 ming;
— Tojikiston – 443 ming;
— Rossiya – 347 ming;
— Hindiston – 55 ming;
— Turkiya – 14 ming;
— Xitoy – 13 ming;
— Ukraina – 11 ming;
— Fransiya – 2,5 ming;
— Afgʻoniston – 1,6 ming;
— Moldova – 1,5 ming;
— AQSH – 0,4 ming;
— Germaniya – 0,3 ming AQSH dollari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring