Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha 7-oʻrinda

15:57 02 Dekabr 2023 Jamiyat
210 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan oʻrtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan oʻrtacha toʻgʻri keladigan kvadrat metr):

— Armaniston – 35,5 kv. m.

— Moldova – 35,3 kv. m.

— Belarus R. – 29,4 kv. m.

— Rossiya – 28,2 kv. m.

— Qozogʻiston – 23,4 kv. m.

— Ozarbayjon – 20,1 kv. m.

— Oʻzbekiston – 18,5 kv. m.

— Qirgʻiz R. – 13 kv. m.

— Tojikiston – 10,9 kv. m.

Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika maʼlumotlaridan olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер