Oʻzbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoʻshildi

11:42 25 Avgust 2020 Jamiyat
1304 0

Kuni kecha Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va tarqatish boʻyicha “COVAX” xalqaro mexanizmiga 172 davlat qoʻshildi. Ayni paytda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumot bermoqda.

Yana bir yangilik, JSST va uning Yevropa mintaqaviy byurosining faol aʼzosi sifatida Oʻzbekiston ham tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoʻshildi. Maʼlum qilinishicha, tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu mexanizm barcha aʼzo mamlakatlarning litsenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni taʼminlashga qaratilgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga aʼzo boʻlgan 53 davlatdan biri boʻlib, tashkilot bilan koʻp tomonlama hamkorlik qilib keladi. Tashkilotning 69-sessiyasida uning direktorligiga saylangan doktor Xans Klyuge oʻzining ilk rasmiy xorijiy tashrifini 2020-yil 10-fevral kuni aynan Oʻzbekistondan boshlaganini alohida taʼkidlash lozim.

Shuningdek, 2019-yilning 20-may kuni boʻlib oʻtgan JSSTning oliy organi Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining JSST Yevropa mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti etib saylangan.

Ushbu keng koʻlamli hamkorlik ayni vaqtda koronavirusga qarshi kurash masalasini ham qamrab olgan. Hozirda JSST Yevropa mintaqaviy byurosining vaqillari Oleg Storojenko va Tanya Shmid yurtimizda boʻlib, koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер