Oʻzbekiston xalq artisti Shermat Yormatov vafot etdi

09:46 23 Dekabr 2021 Jamiyat
1843 0

“Oʻzbekiston yoshlar” mukofoti, “Sogʻlom avlod uchun” ordeni sohibi, Oʻzbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor va dirijyor Shermat Yormatov 82 yoshida vafot etdi.

Shermat Yormatov 1939-yil 17-oktyabr kuni Fargʻona viloyatida tugʻilgan.

U oʻzbek bolalar xorining eng faol targʻibotchisi, “Qoʻshigʻim, jon qoʻshigʻim”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “Sanʼat gʻunchalari” kabi qator koʻrsatuvlar orqali butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan muallim sifatida tanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер