Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi

11:57 21 Noyabr 2021 Jamiyat
1614 0

Oʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 1940-yilda tavallud topgan. Avvalgi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.

Ijodiy faoliyati davomida “Ajoyib xayolparast”, “Yettinchi jin”, “Yettinchi oʻq”, “Olovli yoʻllar”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Vodillik kelin”, “Yor-yor” filmlarida va koʻplab spektakllarda rollar ijro etgan.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ijod studiyasi” tomonidan Baxtiyor Ixtiyorov hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Meni maftun qilgan ertaklar” hujjatli filmi suratga olingan.

Baxtiyor Ixtiyorov Oʻzbekiston xalq artisti unvoni , “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari hamda “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Bugun ustoz sanʼatkor 81 yoshida vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер