Oʻzbekiston kardiologlarining ilmiy-amaliy anjumani boshlandi
Tadbirda 1000 nafarga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Ular orasida AQSH, Germaniya, Shveysariya, Daniya, Belgiya, Polsha, Misr, Rossiya, Belarus, Ukraina, Hindiston, Qozogʻiston va Tojikiston davlatlarining 80 ga yaqin yetuk kardiolog olimlari ham bor.
Ikki kunga moʻljallangan tadbir kun tartibidan yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi profilaktikasi, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, yuqori texnologik amaliyotlar hamda tibbiy reabilitatsiya masalalariga bagʻishlangan 216 ta ilmiy maʼruza joy olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring