“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Oqtovga parvozlar bekor qilinganini maʼlum qildi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Oqtovga parvozlar bekor qilinganini maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, “Oqtov” xalqaro aeroporti xalqaro reyslarni qabul qilish va amalga oshirish uchun yopilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining 2022-yil 5-yanvardan Urganch – Oqtov – Urganch yoʻnalishi boʻyicha rejalashtirilgan HY-9725/9726 muntazam reyslari bekor qilindi.
Ushbu yoʻnalish boʻyicha parvozlar kunlari qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.
5-yanvar kuni Oqtovga bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari chiptaning toʻliq qiymatini xarid joyida qaytarish yoki parvozlar qayta tiklangandan keyin istalgan bepul sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring