Oʻzbekiston gaz plitalarni asosan Xitoydan import qilmoqda
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 2,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25 266 dona gaz plitalar import qilingan.
Gaz plitalar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1008 donaga kamaygan.
Oʻzbekiston 13 ta davlatdan gaz plita import qilgan.
Oʻzbekiston 7 oy mobaynida eng koʻp gaz plitalarni import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 11,3 mingta;
— Belarus – 9,9 mingta;
— Turkiya – 2,8 mingta;
— Polsha – 411 dona;
— Italiya – 356 dona;
— Ukraina – 182 dona;
— Gruziya – 150 dona.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring