Oʻzbekiston fuqaroligini olish istagidagi nomzodlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun yangi xizmat tashkil etildi
Oʻzbekiston hukumatining “Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-sentyabrdagi 592-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Norma” portali maʼlumotiga koʻra, hujjatga kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan fuqarolikni olishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun imtihondan oʻtish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali topshirish imkoni yaratilmoqda.
Shuningdek, endilikda hududiy davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha hududiy imtihon komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan nomzodlar apellyatsiya berishlari mumkin.
Qarorga koʻra, apellyatsiya davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali imtihon natijalari eʼlon qilingan paytdan boshlab 5 kun ichida beriladi.
Ushbu holatda imtihon natijalari eʼlon qilingan paytdan boshlab 10 kun ichida apellyatsiya imtihoni oʻtkazilib, natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
-apellyatsiyani qanoatlantirishda rad etish;
-dastlabki imtihon natijalarini oʻzgartirib, apellyatsiyani qanoatlantirish;
-dastlabki imtihon natijalarini bekor qilib takroriy imtihon tayinlash.
Qarorga koʻra, apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan sudga shikoyat topshirish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring