Oʻzbekiston fuqarolari uchun Rossiya hududida roʻyxatdan oʻtkazish talab qilinmaydigan muddat 7 kundan 15 kunga uzaytirildi

21:54 07 Iyun 2022 Siyosat
867 0

Arxiv surat

2022-yil 4-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishlari tartibi toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi (2021-yil 17-iyun kuni Toshkentda va 2021-yil 21-may kuni Moskva shahrida imzolangan). Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Mazkur bitim bilan Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiya hududida roʻyxatdan oʻtkazish (turar joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtish) talab qilinmaydigan muddatini 7 kundan 15 kunga uzaytirish belgilandi. Rossiya fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududida boʻlish muddati 3 kundan 15 kunga uzaytirildi.

Vaqtinchalik boʻlish muddati chegara nazorati organlari tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi har ikki davlat fuqarolariga boʻlib turgan davlatlari qonunchiligiga rioya qilishni va vakolatli organlarda oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtishni tavsiya qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер