Oʻzbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi
Oʻzbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dastlab ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari hamda Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish boʻyicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot almashildi.
Tadbir yakunida esa kelgusidagi ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring