Oʻzbekiston florasining noyob turi Xalqaro qizil roʻyxatga kiritildi

17:05 19 Dekabr 2021 Jamiyat
1613 0

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi maʼlum qilishicha, mamlakatimiz florasining noyob vakili — Moluccella bucharica (B. Fedtsch.) Ryding relikt va endemik turi Turlarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN)ning Qizil roʻyxatga kiritildi.

Bu ish oʻzbekistonlik botanik olimlar tomonidan kamyob turlarni xalqaro qizil roʻyxatga kiritilishi boʻyicha dastlabki natija hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, Buxoro molusellasi dunyo boʻyicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida oʻsadi. Shu bilan birga, yarim asr davomida tur populyatsiyasi 79 foizga qisqarib ketgan. Bugungi kunda ushbu kamyob turning tabiatdagi umumiy soni 600 ga ham yetmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер