Oʻzbekiston-Eron oʻrtasida soddalashtirilgan viza rejimi joriy etildi
Foto: Arxiv surat
13-oktyabrdan Oʻzbekiston va Eron Islom Respublikasi Hukumatlari oʻrtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish toʻgʻrisidagi Bitim kuchga kirdi.
Mazkur Bitim Eron Islom Respublikasi Prezidentining 14-16-sentyabr kunlari Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
TIV Shartnoma-huquq departamenti maʼlumotiga koʻra, mazkur hujjat 11 moddadan iborat boʻlib, uning kuchga kirishi ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, fan va ilmiy faoliyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring