Oʻzbekiston Eritreya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi
Oʻzbekiston va Sharqiy Afrikada joylashgan Eritreya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi. Bu haqda Eritreyaning BMTdagi (Nyu York) doimiy vakolatxonasi X sahifasida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 11-iyul kuni Oʻzbekiston va Eritreya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma kommyunike imzolangan. Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov hamda Eritreyaning BMTdagi doimiy vakili Sofiya Tesfamariam Yoxannes imzolagan.
Shu tariqa ushbu mamlakat Oʻzbekiston diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 161-davlat boʻldi.
Maʼlumot uchun, Eritreya Afrika qitʼasining shimoli-sharqida, Qizil dengiz boʻyida joylashgan, u Sudan, Efiopiya va Jibuti bilan chegaradosh hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring