Oʻzbekiston elchisi Hindiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari bilan uchrashdi

14:22 20 Mart 2026 Siyosat
274 0

Dehlida Oʻzbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sibi Jorj bilan uchrashdi.

Tomonlar oʻzaro hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, jumladan, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish, shuningdek, turli darajadagi boʻlajak tashriflar jadvalini muhokama qildi.

Iqtisodiy diplomatiyaga alohida eʼtibor qaratildi. Joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning 14-yigʻilishini tashkil qilish boʻyicha kelishib olindi.

Hindiston koʻp tomonlama hamkorlik doirasida Oʻzbekiston tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashini qayd etdi. Xususan, Hindistonning mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashishi hamda Oʻzbekistonning SHHT doirasida yadroviy xavfsizlik yoʻlida koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi deklaratsiyani qabul qilish boʻyicha tashabbusini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, Oʻzbekistonning 2026-yilda “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti doirasida Raqamli texnologiyalar forumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. Bundan tashqari, Hindiston parlamentining quyi palatasidagi Oʻzbekiston bilan doʻstlik guruhi aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etish, shuningdek, ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish jarayonini boshlash boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер