O‘zbekiston delegatsiyasi “SAMSA–2018” yillik Mintaqaviy forumida ishtirok etadi

14:21 20 Iyun 2018 Siyosat
1517 0

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 22-23 iyun kunlari Boku shahrida tashkil etiladigan “SAMSA–2018” yillik Mintaqaviy forumida ishtirok etadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar tarqatdi.

Tadbirga “CAMCA” Mintaqaviy forumida qatnashuvchi o‘nta mamlakatning hukumat vakillari, tadbirkorlari va ilmiy doiralari vakillari, mashhur va obro‘-e’tiborli xalqaro siyosatdonlar hamda ekspertlar, Ramsfeld fondi stipendiyalari dasturi bitiruvchilari taklif etilgan.

Forum davomida “SAMSA” davlatlarida siyosiy bo‘lmagan va iqtisodiy xususiyatga ega mintaqaviy tendensiyalar, savdo, transport va investitsiyalar, inson kapitalini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, “SAMSA” Mintaqaviy forumi (Markaziy Osiyo – Mo‘g‘uliston – Kavkaz – Afg‘oniston) keng ko‘lamli masalalar yuzasidan mintaqaviy muloqotga ko‘maklashish uchun 2008 yilda tashkil etilgan siyosiy bo‘lmagan platformadir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер