O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda

19:02 28 May 2018 Siyosat
1509 0

Shu kunlarda Jenevadagi Xalqaro 107-mehnat konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T. Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu xalqaro anjumanda mehnat sohasidagi ijtimoiy muloqot va mehnat bozoridagi gender tengligi singari dolzarb masalalar muhokama qilinadi. 
Ma’lumki, O‘zbekistonda aholi uchun loyiq mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha keskin choralar amalga oshirilmoqda. 

Anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti bilan ijtimoiy mehnat munosabatlari sohasida to‘plangan ish tajribasi to‘g‘risida ma’lum qilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер