Oʻzbekiston delegatsiyasi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh konferensiyasida ishtirok etdi
26-sentyabr dushanba kuni, Venada XAEA yillik Bosh konferensiyasining 66-sessiyasi ish boshladi. Bu haqda «Oʻzatom» agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Ushbu tadbirda 175 ta XAEA ishtirokchi-davlatlari qatorida Oʻzbekiston ham ishtirok etdi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi «Oʻzatom» agentligi, fanlar akademiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasidan tarkib topgan.
Bosh konferensiya doirasida umumiy muzokaralar oʻtkaziladi va unda delegatsiya rahbarlari oʻzlarining dasturiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
XAEA bosh konferensiyasining 66-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasi XAEA rahbarlari, boshqa mamlakatlar vakillari va atom energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish sohasida hamkorlikni amalga oshirish masalasida masʼul boʻlgan kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring